7 INTERNATIONAL BULLETIN OF ENGINEERING AND TECHNOLOGY UIF = 8.1 | SJIF = 5.71 ISSN: 2770-9124 IBET IBET IBET | Volume 2, Issue 12, December TALABALARGA AXBOROT TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH VA UNING AFZALLILARI. Ergashev Shoxrux 1 Saytiyev Olimjon 2 1-2 Toshkent Amaliy Fanlar Unversiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7421259 Annotatsiya:Ushbu maqolada axborot tizimlari, ularning afzalliklari, ulardan foydalanishning ustunliklri va kamchiliklari va talabalarga dars jarayonida ulardan foydalanishning usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: internet texnologiyualari, multimedia, axborot texnologiyalari, Ms office Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Multimediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan: *axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar; bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi; mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi; bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini *kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasi da bilimdon (salohiyatli) bo‘lishi kerak. Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova- Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar: 1) zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga