GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 6 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 56 LINGVOKULTUROLOGIYA MAKTABLARI Gulsanam To‘lanboyeva FarDu, Chet tillari, o‘qituvchi Dilshoda Mirzayeva FarDu, Chet tillari, PhD ANNOTATSIYA Ushbu maqolada limgvokulturologiya fani va muloqot jarayonlarining qisqacha paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanish jarayonlari keltirib o‘tilgan. Shu jumladan, lingvokulturologiyaning Moskvada paydo bo‘lgan maktablari haqida qimmatli fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: Lingvokulturologiya, til, lingvokulturologiya maktablari. Kirish Lingvokulturologiya fani paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmasa-da, ko‘plab muhokamalarga va mubohasalarga sabab bo‘layotgan, munozarali soha hisobl anib, ushbu munozaralarda ma’lum bir asoslarga tayaniladi. Masalan, lingvokulturologiya sohasida Moskva maktablari shunday asoslardan biri sanaladi. Asosiy qism Lingvokulturologiya ya’ni lingvo tilshunoslik fani inson, til va madaniyatning uchligi ekani avvalgi tadqiqotlardan barchaga ma’lum. Avvalo, lingvokulturologiya kommunikativ jarayonlarni tahlil qiladi. Kommunikativ jarayonlar insonlarning u yoki bu ma’lumotlarni bir – biriga ulashish, yangiliklardan boxabar qilish uchun vujudga kelgan va shunday bo‘lib davom etmoqda. Kommunikatsiya ya’ni aloqalar zamon va makon tanlamaydi, insoniyat yaralgandan beri qayerda bo‘lishidan qat’i nazar ular mudom muloqotda. Masalan, dastlab bir-birlarini xavf-hatardan ogoh etish uchun yoki qayerda o‘lja borligini aytish bildirish uchun qo‘llanilgan. Ushbu muloqot jarayonlari lingvokulturologiya fani tomonidan tadqiq qilinadi. Bu tadqiqotlar davrlar mobaynida sayqal topib shakllangan bo‘ladi, nafaqat muloqot jarayonlari balki lingvokulturologiya fani ham ushbu asrlar silsilasida sayqal topgan. Ushbu fan rivoji mobaynida lingvokulturologiya fanining bir nechta maktablari paydo bo‘lgan, masalan, Moskva misolida oladigan bo‘lsak. XX asr ohirlariga keib Moskvada lingvokulturologiyaning 4 ta maktabi shakllangan: