* GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI * * Gumanitar ijtimoiy fanlar seriyasi, 2023. 2 * 3 Pedagogika UDC 378.147 THE SIGNIFICANCE OF RESEARCH RELATIONSHIP IN PROFESSIONAL FOOTBALL TEAMS WITH SOCIOMETRIC METHOD PROFESSIONAL FUTBOL JAMOALARIDA O‘ZARO MUNOSABATLARNI SOTSIOMETRIK USULDA O‘RGANISHNING AHAMIYATI ЗНАЧЕНИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ОТНОШЕНИЙ СОЦИОМЕТРИЧЕСКИМ МЕТОДОМ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ФУТБОЛЬНЫХ КОМАНДАХ Majidov Jasur Baxtiyarovich Jizzax davlat pedagogika universiteti. 130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko'chasi, 4-uy E-mail: majidov-jdpi@mail.ru Abstract: This article analyzes the specific possibilities of the sociometric method in the study of the socio- psychological traits of interaction in professional football teams as a small group. The results of a sociometric study conducted in professional football teams are also indicated. Various methods can be used in sociometry, but they are all based on the selection of group members, their prejudices and the rejection of some. The choice can be free or fixed, in the first case the number of people you like is not limited, in the second case you need to specify the number. Keywords: group, team, interpersonal relations, sociometry, sympathy, antipathy, emotional connections, reference group. Аннотация: В данной статье рассматриваются специфические возможности социометрического метода в изучении социально-психологических особенностей взаимодействия в профессиональных футбольных командах как малая группа. Также указаны результаты социометрического исследования, проведенного в профессиональных футбольных командах. В социометрии могут использоваться различные методы, но все они основаны на отборе членов группы, их предубеждениях и непризнании некоторых. Выбор может быть свободным или фиксированным, в первом случае количество понравившихся вам людей не ограничено, во втором случае требуется указать количество. Ключевые слова: группа, коллектив, межличностные отношения, социометрия, симпатии, антипатии, эмоциональные связи, референтная группа. Kirish. Ijtimoiy psixologiya fanida guruhdagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish borasida qator tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, mazkur jarayon sport guruhlari va unadagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qadar rivojlanib borish tendensiyasiga ega ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Sport guruhlarini o‘rganish borasida ko‘plab olimlar tadqiqotlar olib borgan bo‘lib, bu borada xorij olimlaridan: Yu.L.Xanin, E.P. Ilin, Yu.A Kolomeysevlar va o‘zbek olimlaridan Z.Gazievalarning aynan sport guruhidagi o‘zaro munosabatlar va guruhdagi psixologik muhitni o‘rganish borasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Sport guruhidagi o‘zaro munosabatlar guruhning shakllanish dinamikasiga bog‘liq holda rivojlanib boradi. Boshqa ijtimoiy guruhlardan farqli ravishda sport guruhida o‘zaro munosabatlar kechishi va mazkur jarayonni o‘rganish ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shunday bo‘lsada bu boradagi tadqiqotlar ko‘pchilikning e’tiborini tortib, sport guruhidagi o‘zaro munosabatlar tizimini o‘rganishda ijtimoiy psixologiya fanining yutuqlari va tadqikot usullaridan keng foydalangan holda rivojlanib bormoqda. Tadqiqot ob’ekti va qo‘llanilgan metodlar Guruhning har qanday tarkibi uning a’zolarining o‘zaro munosabatlarining obyektiv holatini (qaramlik, bo‘ysunish, o‘zaro yordam, hamkorlik), ko‘rsatib beradi. Bu munosabatlarni o‘rganishning asosiy yo‘li – odamlarning jamoada o‘zini tutishi va xulqini doimiy kuzatib borishdir. Guruhdagi o‘zaro munosabatlarni sotsiometriya usulida o‘rganish g‘oyasining asoschisi Dj.Moreno ta’kidlaganidek, o‘zaro munosabatlar negizida har bir odam uchun begona bo‘lmagan o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan va xech narsa bilan tushuntirib bo‘lmaydigan boshqa odamga nisbatan yoqtirish (simpatiya) va yoqtirmaslik (antipatiya) tuyg‘ulari sintonligi yotadi. Shaxslararo munosabatlarga faqa t emotsional psixologik fenomen (simpatiya va antipatiya) deb qarab bo‘lmaydi, garchi, bu xususiyatlar guruh tarkibini aniqlash va ahilligini bilishda muhim bo‘lsa ham. Shaxslararo munosabatlarni yana guruhning barcha a’zolarining aktiv foaliyati tufayli guruhda (sport komandasida) yuzaga kelgan me’yor, yo‘nalish va qarashlar rejasida ko‘rib chiqish lozim [1]. Olingan natijalar va ularning tahlili Sotsiometriyaning quyidagi ifodasi mavjud: Bu individning shaxslararo muloqot va o‘zaro munosabatlarga moyligi (simpatiya), befarqligi yoki yoqtirmaslik (antipatiya)larining son jihatidan aniqlovchi uslubiy tizimdir[2].