UDK: 902. 6(575.151) Gulmira KATTAYEVA, Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD), E-mail:kattayevag@tersu.uz Tel:+998996711028 Odiljon XAMIDOV, Termiz davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD), E-mail: odiljonkhamidov@tersu.uz Tel.:+998978063730 Termiz davlat universiteti professori, t.f.d. Sh.Shaydullayev taqrizi asosida NEW RESEARCHES ON THE OXUS CIVILIZATION PUBLISHED IN 2023: PART 1 (EXAMPLE OF POVOLZHSKAYA ARKHEOLOGIYA (THE VOLGA RIVER REGION ARCHAEOLOGY) JOURNAL) Annotation The Oxus civilization is a new center of the Ancient Eastern civilization, combining the Bronze Age (2300-1450 BC). In recent years, researchers have published scientific articles on the history and archeology of the Oxus civilization in the most prestigious journals of the worlds in English and Russian. The Journal of Povolzhskaya Arkheologiya (The Volga River Region Archaeology) is one the most popular jounals, in which 3 articles that belong to the Oxus civilization were published in 2023. It is illuminated the scientific analysis of the articles that were published in the Journal ―Povolzhskaya Arkheologiya (The Volga River Region Archaeology) in this article. Key words: Oxus civilization, Journal ―Povolzhskaya Arkheologiya (The Volga River Region Archaeology), Vedas, migrations of Central Asia, typology of pins. НОВЫЕ РАБОТЫ ПО ИСТОРИИ ЦИВИЛИЗАЦИИ ОКСА ОПУБЛИКОВАННЫЕ В 2023 ГОДУ: ЧАСТЬ 1 (НА ПРИМЕРЕ ЖУРНАЛА “ПОВОЛЬЖСКАЯ АРХЕОЛОГИЯ”) Аннотация Цивилизация Окса – новый центр древневосточной цивилизации, объединивший культуры бронзового века (2300- 1450 гг. до н. э.). В последние годы исследователи опубликовали научные статьи по истории и археологии цивилизации Окса в самых престижных мировых журналах на английском и русском языках. «Повольжская археология» — один из таких журналов, в котором в 2023 году опубликовано 3 статьи непосредственно о цивилизации Окс. В данной статье представлен научный анализ новых исследований, опубликованных в журнале «Повольжская археология». Ключевые слова: Цивилизация Окса, журнал «Повольжская археология», Веды, Среднеазиатские миграции, типология булавок. OKS SIVILIZATSIYASI BO„YICHA 2023-YILDA NASHR ETILGAN YANGI TADQIQOTLAR: 1-QISM (POVOLJSKAYA ARXEOLOGIYA JURNALI MISOLIDA) Annotatsiya Oks sivilizatsiyasi bronza davriga oid (mil. avv. 2300-1450) bo‗lib, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yangi markazi hisoblanadi. So‗nggi yillarda tadqiqotchilar tomonidan Oks sivilizatsiyasinining tarixi va arxeologiyasiga bag‗ishlangan ilmiy maqolalar dunyoning eng nufuzli jurnallarida ingliz va rus tillarida nashrdan chiqmoqda. ―Povoljskaya arxeologiya‖ shunday jurnallardan biri bo‗lib, unda 2023-yilda bevosita Oks sivilizatsiyasi bo‗yicha 3 ta maqola chop etilgan. Ushbu maqolada ―Povoljskaya arxeologiya‖ jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotlarning ilmiy tahlili yoritilgan. Kalit so„zlar: Oks sivilizatsiyasi, ―Povoljskaya arxeologiya‖ jurnali, vedalar, Markaziy Osiyo migratsiyalari, to‗g‗nog‗ichlar tipologiyasi. Kirish. Oks sivilizatsiyasi Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yangi o‗chog‗i bo‗lib, Janubiy O‗zbekiston hududida shakllangan Sopolli, Janubiy Afg‗onistonda tarqalgan Dashtli, Janubiy Turkmaniston hududida hukm surgan Namozgoh madaniyatlarini o‗z ichiga birlashtiradi. Arxeologiya fanida ushbu madaniyatlar ―Oks sivilizatsiyasi‖, ―Turon sivilizatsiyasi‖ yoki ―Baqtriya-Marg‗iyona arxeologik kompleksi‖(BMAK), so‗nggi yillardagi tadqiqotlarda ―Oks-Amu sivilizatsiyasi‖ kabi umumiy nomlar bilan atalmoqda [3, 5, 6, 8]. Yuqorida qayd etib o‗tilgan madaniyatlarning, asosan, Amudaryoga yaqin hududlarda shakllanganligini, Oks Amudaryoning eng qadimgi nomlaridan biri bo‗lganligini hisobga olib, ushbu geografik hududda shakllangan sivilizatsiyani «Oks sivilizatsiyasi» deb atash maqsadga muvofiq. E.Lyuno o‗zining 2013-yilda nashrdan chiqqan ilmiy tadqiqot ishida Baqtriya va Marg‗iyona hududlarida shakllangan bronza davri sivilizatsiyalarini umumiy nom ostida ―Oks sivilizatsiyasi‖ deb atalishini ma‘qullagan va uning xronologiyasini Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi tizimida umumlashgan holda keltirib o‗tgan. Muallif Oks sivilizatsiyasini uchta asosiy bosqichga bo‗lgan: shakllanish bosqichi (mil. avv. III ming yillikning birinchi yarmidan 2300-2100 yilgacha); rivojlanish bosqichi (mil. avv. 2300-2100 yildan 1800-1750 yilgacha); so‗nggi bosqich (mil. avv. 1800-1700 yildan 1500-1450 yilgacha) [7]. So‗nggi yillarda Oks sivilizatsiyasini ilmiy, tarixiy va arxeologik jihatdan o‗rganish bo‗yicha ko‗plab tadqiqotlar yaratilmoqda. ―Povoljskaya arxeologiya‖ jurnalida so‗nggi yillarda nashr etilgan maqolalarda ham Oks sivilizatsiyasining tarkibiga kiruvchi madaniyatlarning antropologiyasi, moddiy madaniyat buyumlari va migratsion jarayonlar haqida juda qimmatli ma‘lumotlar keltirib o‗tilgan. ―Povoljskaya arxeologiya‖ jurnali arxeologiya va tarix fanlari muammolariga bag‗ishlangan Scopus bazasida indeksatsiya qilingan Q2 kvartilli xalqaro jurnal hisoblanadi. Jurnal 2012-yildan beri A.X.Xalikov nomidagi Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va Mariy davlat universiteti bilan hamkorlikda nashr etiladi. ―Povoljskaya arxeologiya‖ jurnalidagi maqolalar har chorakda (bir yilda to‗rt marta) rus va ingliz tillarida, shuningdek rus va