Results of National Scientific Research International Journal 2023 Volume 2| Issue 4 SJIF- 5.8, Researchbib 7.1 ISSN: 2181-3639 https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/index 333 Annotatsiya Ushbu maqolada “Qisasi Rabg’uziy” asarida uchrovchi hayvonlar haqidagi rivoyat, mif, xalq og’zaki ijodidagi qiziqarli ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: O’zbek ismlarining kelib chiqishi, bo’ri, eshak, tuya, sigir, it obrazlari Bo’ri obrazi haqida. Turkiy adabiyotda bu obraz o’ziga xos o’ringa ega hisoblanadi. Ertaklarimizda bo’ri motivi ba’zan jahldor, qonxo’r tarzda tasvirlansa, ba’zan esa hech qo’lidan ish kelmaydigan laqma sifatida gavdalanadi. Bo’ri tasviri turkiy xalqlarning o’ziga xos totemiga aylangan. Buning sababi u hech kimga bo’ysunmas ozodlikni yaxshi ko’ruvchi bo’lgan. Xalqimizda agarda farzand ikki yon tishi bilan dunyoga kelsa, unga Bo’riboy, Bo’rixon deya nom qo’yish rasm- rusumi mavjud. Garchi hozirda xalqimiz orasida islomiy ismlar qo’yish urfga aylangan bo’lsa ham, avvallari bunday ismlarni ko’plab uchratish mumkin. Atoqli adiblarimizdan G’afur G’ulomning “Shum bola” asarida boyning o’g’li Bo’ri boyvachcha yoki O’tkir Hoshimovning “Qorako’z majnun” asaridagi Bo’rixon obrazlarini misol keltirish mumkin. Endi “Qissasi Rabg’uziy” asaridagi bo’ri motiviga to’xtalib o’tamiz. Asarda bo’ri obrazlaridan biri bu Tablit ismli urg’ochi bo’ri edi. U Jahannam ichida yaratilgan ilk ikki maxluqotlardan biri hisoblanadi. Ikkinchi maxluqot esa Jablitdir. Uning tanasi arslon suratida yaratiladi. Jablitning quyrug’i ilonga, Tablitning quyrug’i esa ilonga o’xshash bo’lgan. Ikkisining nikohidan Xoris ya’ni keyinchalik Iblis nomini oluvchi maxluqot dunyoga kelgan. “QISASI RABG’UZIY” ASARIDA UCHROVCHI HAYVONLAR HAQIDAGI RIVOYATLAR Jahongir Komiljonov Namangan davlat universiteti O’zbek adabiyotshunosligi yo’nalishi 2-bosqich magistranti