International scientific and practical conference 12/25/2023 Page. 16 www.bestjournalup.com 12/25/2023 NIZOMULMULK ASARLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA YETAKCHILIKKA DOIR AXLOQIY QARASHLAR Kamolov Dostonbek Rustam o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali o‘qituvchisi. E-MAIL: dostonbekkamolov33@gmail.com Annotatsiya: Maqolada Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridagi davlat boshqaruviga oid axloqiy qarashlar, ya’ni podshoh, vazirlar va oddiy xizmatchilarga qo’yiladigan axloqiy fazilatlar hamda davlat boshqaruviga oid fikrlar haqida so’z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Nizomulmulk, “Siyosatnoma” asari, davlat boshqaruvi, axloq, fazilat. Аxloq bilan muvofiqlashgan boshqaruv oʼz muddaosida jamiyatni ixtiloflardan, favqulodda hodisalardan, beqarorlikdan, turgʼunlikdan saqlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, davlat yoxud boshqaruvchi oʼz faoliyatini milliy qadriyatlar negizida axloqqa bogʼlashi jamiyatning istiqbol imkoniyatlarini kengaytirishga olib keladi. Zero, axloq boʼlmagan joyda boshqaruvning maqsad va mohiyati buziladi. Demokratik jarayonlarda boshqaruv va axloq muvozanatini taʼminlash muammosi, avvalo davlat boshqaruv mexanizmlarining nechogʼli darajada milliy qadriyatlar asosida manfaatlarga mos tarzda shakllantirilishiga bogʼliq boʼladi. Yaʼni, boshqaruv mexanizmlari xalqning siyosiy jarayonlarga va hokimiyat boshqaruvida ishtirokini taʼminlash darajasi bilan belgilanadi. Bunda fuqarolarning oʼz manfaatlariga erishishlarining real imkoniyatlari shakllantiriladi. Ular oʼz salohiyatlari darajasida siyosiy jarayonlarda ishtirok etish vakolatlarini qoʼlga kiritadilar. Аynan shu omil boshqaruvni axloqqa nisbatan muvofiqlashtirilishiga olib keladi. Bu borada dunyo mutafakkirlari asrlar davomida axloq, siyosat, hokimiyat va zoʼravonlik muammolariga nisbatan umuminsoniy, diniy, ilmiy–nazariy qarashlarni shakllantirib kelganlar. Аrastuning “Insonning farovonlik bilan bogʼliq boʼlgan intilishi davlatning maqsadi boʼlsa, unda axloq va siyosat ham uygʼundir”, deydi. Demak, u boshqaruv siyosati va axloqni yagona fan sifatida shakllanishini nazarda tutadi. Ularni oʼrganish va ijtimoiy turmushimizga singdirib borish jamiyat maʼnaviy hayotini yuksaltirishga xizmat qiladi. Boshqaruv va axloq munosabatlari doimo muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masala Sharq mutafakkirlarining ham diqqat markazida