331 KATTAQO’RG’ON TUMANIDAGI JOY NOMLARI VA URUG’LAR Sunnatillo Rashidov Rashid o’g’li Samarqand Davlat Universiteti 2-kurs magistranti Tel: +998 94 669 72 36 Annotatsiya Ushbu maqolada Samarqand viloyatining yirik tumanlaridan biri hisoblangan Kataqo’rg’on tumanining toponimikasi va etnotoponimikasi ya’ni ushbu hududda qadimdan yashab kelgan qabila va urug’lar nomlarining joy nomlariga ta’siri shuningdek ba’zi bir qabila nomlarining hudud nomiga ko’chganligi kabi masalalar o’rganilib chiqiladi. Shu jumladan ushbu hududda joylashgan, “Kadan”, “Mundiyon”, “Abulqosim” hamda boshqa tumanlarda ham uchraydigan “Chordara”, “Nayman”, “Arabxona” kabi nomlarning kelib chiqish tarixi chuqur tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Kattaqo’rg’on, toponimika, etntoponimika, sug’d, Movarounnahr, urug’, qabila, rabot, mavze, Miyonqol, Polvontepa. Abstract This article deals with, the toponymy and ethnotoponymy of the Kattakurgan district, which is one of the largest districts of the Samarkand region, that is, the influence of the names of the tribes and clans that have lived in this area for a long time on the place names, as well as issues such as the transfer of some tribal names to the name of the area will be studied. Moreover, including the history of the origin of the names such as "Kadan", "Mundian", "Abulkasim" and other districts, such as "Chordara", "Nayman", "Arabkhana", are analyzed thouroughly, which are located in this region. Key words: Kattakurgan, toponimics, etnotoponimics, sugd, Movarounnahr, tribe, clan, rabat, environs, Miyankol, Polvontepa. Eramizning I-II asrlarida Kushon imperiyasi davrida ko’chmanchi xalqlar bir joyda uyushib, hamjihat bo’lib yashashi turli xavf va ofatlardan himoyalanishini osonlashtirgan. Shu sababli keynchalik ovullar, qishloqlar va shaharlar paydo bo’la boshlagan. Kattaqo’rg’on VII asrning so’ngi choragi (1683-1684-yillar)da barpo etilgan. Badavlat aka-uka Farhod otaliq, Ollonazarbek va So’fi Olloyor unga asos