O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz TARIX 1/5 2020 - 4 - UDK: 392(394):397 Sherzod ABDUSATTOROV, O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti E-mail: Etnology.92@yandex.ru ETHNIC AND REGIONAL ASPECTS OF TRADITIONAL NATIONAL CUISINE (EXAMPLE OF UYGHURS LIVING IN THE FERGANA VALLEY) Abstract This scientific article is of scientific importance in the study of one of the current issues of ethnology. Central Asia, especially the Fergana Valley, has been a region of migrations and cultural interactions for thousands of years. The population of this region is the product of the cultural interaction of many ethnic groups, and its material culture reflects ethnocultural processes. It is known that traditional food is an integral part of ethnic culture and way of life. In addition, food is a direct link between man and the natural environment, an area that reflects the processes of socio-economic adaptation of the population to environmental conditions and performs socio-cultural functions. Keywords: National cuisine, chevati, thin, choshura, ugra, etgen tea, sinchoy, fu, basket tea. ЭТНИЧЕСКИЕ И РЕГИОНАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ ТРАДИЦИОННОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУХНИ (ПРИМЕР УЙГУРОВ, ЖИВУЩИХ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ) Аннотация Эта научная статья имеет научное значение при изучении одного из актуальных вопросов этнологии. Центральная Азия, особенно Ферганская долина, была регионом миграции и культурного взаимодействия на протяжении тысячелетий. Население этого региона является продуктом культурного взаимодействия многих этнических групп, а его материальная культура отражает этнокультурные процессы. Известно, что традиционная еда является неотъемлемой частью этнической культуры и образа жизни. Кроме того, еда является прямой связью между человеком и природной средой, областью, которая отражает процессы социально-экономической адаптации населения к условиям окружающей среды и выполняет социокультурные функции. Ключевые слова: Национальная кухня, чевати, худой, чошура, югра, этген, синчой, фу, корзиночный чай. АN’ANAVIY MILLIY TAOMLARDAGI ETNIK VA UMUMMINTAQAVIY JIHATLAR (FARG‘ONA VODIYSIDA YASHOVCHI UYG‘URLAR MISOLIDA) Annotatsiya Mazkur ilmiy maqola etnologiyaning dolzarb masalalaridan birini o‘rganishga bag‘ishlanib ilmiy ahamiyatga egadir. O‘rta Osiyo, xususan, Farg‘ona vodiysi minglab yillardan buyon aholi migratsiyalari, ko‘chishlar, o‘zaro madaniy ta’sir hududi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur mintaqa aholisi ko‘plab etnoslarni o‘zaro madaniy ta’siri mahsuli, uning moddiy madaniyatida esa etnomadaniy jarayonlar o‘z aksini topgan. Ma’lumki an’anaviy taomlar etnos madaniyati, hayot tarzining muhim ajralmas qismidir. Qolaversa taomlar inson va tabiiy muhit orasidagi bevosita bog‘lovchi bo‘g‘in aholining ekologik sharoitlarga ijtimoiy-iqtisodiy moslashish jarayonlarini o‘zida aks ettirgan va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni bajaradigan sohasidir. Kalit so‘zlar: Milliy pazandachilik, chevati, yupqa, choshura, ugra, etgen choy, sinchoy, fu, sabet choy. Kirish. Taomlar tizimida aholini dunyoqarashi, turmush tarzi va etnoslararo aloqalar ta’siri mujassam- lashgan. Ularda tabiiy-geografik muhit, etnoiqtisodiyot, etnoslarning turmush tarzlari, an’analari jamlanadi. Ushbu maqola orqali Farg‘ona vodiysi aholisining xususan uyg‘ur taomlaridagi etnolokal xususiyatlar va o‘zaro etnomadaniy aloqalar natijasida qabul qilingan inoetnik xususiyatlarini ochib berish maqsad qilingan. Zero, o‘zbek xalqining an’anaviy taomlari, xususan, O‘zbekistonning turli mintaqalarida yashovchi aholi taomlaridagi etnolokal va etnohududiy xususiyatlarning yig‘indisidan tashkil topgan. Asosiy qism. Dunyo xalqlarining taom tayyorlash an’anasi va madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega. Taom tayyorlashda xalq turmush tarzi, urf-odatlari, mehnat faoliyati xususiyatlari va iqlim sharoitlari o‘z aksini topgan. Shu bois taom va yemaklar umumxalq madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Binobarin, ovqatlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini, taom tayyorlashdagi milliy an’analarni bilish xalqlarning o‘zaro jipsligi va do‘stligini mustahkamlash imkonini beradi[1]. An’anaviy taomlar moddiy madaniyatning ajralmas qismidir. Xalq an’anaviy taomlari turli omillar ta’sirida uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib boradi. Bunday omillar qatorida dastlab xo‘jalik faoliyati omili, so‘ngra tabiiy, madaniy,diniy va siyosiy kabi omillarni sanab o‘tish mumkin. An’anaviy taomlarning uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanishi va ma’lum bir ma’noda konservativ ahamiyat kasb etishi natijasida taomlar o‘zida etnik belgilarni moddiy madaniyatning boshqa element- lariga nisbatan mustahkamroq saqlab qoladi. Biroq xalq turmush tarzining barcha jabhalarida kuzatilganidek, an’anaviy taomlar va ularning tayyorlanish texnologiyalari ham etnoslarning o‘zaro madaniy aloqalari natijasida shaklan va mazmunan boyib boradi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘zbekistonning turli tarixiy-etnografik O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2020, [1/5] ISSN 2181-7324 TARIX www.uzmuxabarlari.uz Social sciences