183 OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNING SODIR ETILISH EHTIMOLLARI HAMDA ULARNI BARTARAF ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Nodirbek Jalilov jnbek93@gmail.com TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali ANNOTATSIYA Maqolada ommaviy tadbirlar va tartibsizliklarning umumiy tushunchasi va ularning turlari, ommaviy tartibsizliklar sodir etish ehtimollari, sabablari, shart-sharotilari va imkonlarini anqilash, ommaviy tartibsizliklar mobaynida vakolatli organlarning xatti- harakatlari va ularni bartaraf etishning qonuniy ahamiyati, ommaviy tartibsizliklar bartaraf etish psixologik ahamiyati, ommaviy tartibsizliklar oldini olish va bartaraf qilish bo’yicha xorij tajribasi va ularni bartaraf etishda amaldagi muammolar va shu kabi masalalar ilmiy tahlil qilingan hamda bu borada tegishli takliflar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: ommaviy tadbirlar, ommaviy tartibsizliklar, vakolatli organlar, psixologik ahamiyat, bartaraf qilish, profilaktika, huquqiy yordam, xatti-harakatlar, profilaktika inspektori, javobgarlik. Ommaviy tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini saqlash, tinchlikni ta’minlashga doir masalalarga turli xil jiddiy ziddiyat yuzaga keladi. Xalqaro munosabatlarda millatlararo